Rossiya klublarining EChLdagi omadsizligiga nima halaqit bermoqda? Semak javob berdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 258

Rossiyaning «Zenit» klubi bosh murabbiyi Sergey Semak nima uchun Rossiya klublari EChLda omadsizlikka uchrayotgani haqida fikr bildirdi.
«Nima uchun Rossiya klublari EChLda omadsizlikka uchrayapti? Bu bizning futbolimizni saviyasi. Bor gap shu. Bizda o'zimizning futbol va muvaffaqiyatli o'ynashimiz uchun legionerlar limiti salbiy ta'sir ko'rsatmoqda. Evropaning etakchi chempionatlarida hech qanaqa cheklov yo'q. Albatta, bizning cheklov bilan Evropaning oldi chempionatlariga qarshi munosib qarshilik ko'rsatishni imkoniyati yo'q», - dedi Semak «Futbol Rossii» telekanaliga bergan intervyusida.
Eslatib o'tamiz, o'tgan yilgi mavsumda «Zenit» va «Lokomotiv» klublari o'zlarining guruhlarida so'nggi o'rinni band etishdi. «Krasnodar» klubi esa nufuzli turnirning guruh bosqichiga yo'l ololmadi.

Bosh sahifaga
234