Konte «Inter» nima xohlayotganini ochiqladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 316

Italiyaning «Inter» klubi bosh murabbiyi Antonio Konte Evropa Ligasining 1\4 final bosqichi doirasida «Bayer» (2:1) klubiga qarshi uchrashuvdan keyingi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
«Natijadan qoniqdik, chunki, uchrashuvni ajoyib tarzda o'tkazdik. Biz o'z vazifamizni bajardik va mashg'ulotlarda o'ylagan rejalarimizni rasmiy o'yinda bexato qo'lladik.
Bir qator qulay vaziyatlarni sodir etdik. Uchrashuvda ikkitadan ortiqroq gol kiritib, uchrashuv taqdirini ertaroq hal qilishimiz ham mumkin edi. Nima bo'lgan taqdirda ham bugungi natijadan qoniqish hosil qilishimiz kerak. Ertadan yarim final o'yiniga tayyorgarlikni boshlaymiz. Barcha yo'llarni bosib o'tishni xohlaymiz. «Inter» Evropa Ligasida g'olib chiqishni xohlaydi», - dedi Antonio Konte.

Bosh sahifaga
234