Lukaku Evropa ligasida tarixiy natija qayd etdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 343

«Inter» hujumchisi Romelu Lukaku Evropa ligasi chorak final bosqichidan o'rin olgan «Bayer»ga qarshi o'yinda (2:1) bitta gol urdi.
Shu tariqa, belgiyalik futbolchi Evropa ligasida ketma-ket 9ta gol urgan ilk futbolchiga aylandi. Avvalroq futbolchi turnirning 1/16 final bosqichida bo'lib o'tgan «Ludogorets»ga qarshi har ikkala o'yinda (2:1, 2:0), keyin esa «Xetafe»ga qarshi nimchorak final bahsida (2:0) ham gol urgan edi.
"Inter" joriy mavsumni Chempionlar ligasida boshlab, guruhda 3-o'rinni egallagani uchun o'z ishtirokini Evropa ligasida davom ettirmoqda.
Lukaku esa 2014/2015 yilgi mavsumda «Everton» safida Evropa ligasi guruh bosqichining 5-turidan boshlab, nimchorak final bosqichi uchrashuviga qadar ketma-ket 5ta o'yinda gol urgan edi.

Bosh sahifaga
228