Evropa ligasi. «MYu» qo'shimcha bo'limlar penaltidan gol urib, yarim finalga chiqdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 361

Evropa ligasi chorak final bosqichi doirasida «Manchester Yunayted» va «Kopengagen» jamoalari Germaniyaning Kyoln shahrida to'qnash kelishdi.
Saviya jihatdan ustun bo'lgan manchesterliklar ko'proq hujum qilishdi. Ammo "Kopengagen" posboni Yunsson o'yin davomida naq 13 marta seyv namoyish etdi.
O'yin taqdiri esa qo'shimcha bo'limlarda hal bo'ldi. Bahsning 95-daqiqasida daniyaliklar himoyachisi o'z jarima maydoni ichida Marsialni chalib yiqitdi. Belgilangan penaltini Brunu Fernandesh aniq amalga oshirib, hisob ochdi.
Mazkur gol uchrashuvda yagonaligicha qoldi. Shu tariqa, mankunianliklar Evropa ligasi yarim finaliga chiqishdi.
Evropa ligasi, chorak final
Manchester Yunayted Angliya – Kopengagen Daniya 1:0 (0:0, 0:0, 1:0)
Gol: 1:0 – 95, penalti Brunu Fernandesh.
Manchester Yunayted – Romero, Bayi (Lindelef, 71), Uan-Bissaka, Maguayr, Uilyams, Pogba, Brunu Fernandesh, Fred (Matich, 70), Marsyal (Maktomini, 120), Grinvud (Mata, 90), Reshford (Lingard, 113).
Kopengagen – Yunsson, Boylesen (Bengtsson, 15), Nelsson, Varela (Bartolets, 105), Belland, Pep Mas (Ovedo, 58), Stage (Mudrajiya, 105), Zeka, Falk (Vik, 111), Vind, Daramyu (Kaufmann, 57).
Ogohlantirishlar: Maguayr (62), Bayi (63), Kaufmann (75), Stage (77), Zeka (105).

Bosh sahifaga
206