Evropa ligasi. Dastlabki yarim finalchi aniq bo'ldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 413

Evropa ligasining chorak final bosqichi doirasida bugundan o'rin olgan 2ta o'yindan bittasi 90 daqiqadan so'ng yakunlandi. "Inter" Germaniyaning "Bayer" klubi bilan to'qnash kelib, raqibni mag'lub etdi.
Birinchi bo'lim gollarga boy bo'ldi. Bahsning 15-daqiqasida Barella hisobni ochgan bo'lsa, oradan 6 daqiqa o'tib Lukaku farqni 2taga oshirdi. Uchrashuvning 24-daqiqasida leverkuzenliklar Kay Xavertsning goli evaziga tezda bir marta javob qaytarishdi. Ammo qolgan daqiqalarda "Bayer"ning hisobni tenglashtirish uchun qilgan urinishlari samara keltirmadi.
Shu tariqa, "Inter" Evropa ligasining dastlabki yarim finalchisiga aylandi.
Evropa ligasi, chorak final
Inter Italiya – Bayer Germaniya 2:1 (2:1, 0:0)
Gollar: 1:0 – 15 Barella, 2:0 – 21 Lukaku, 2:1 – 24 Xavertts.
Inter – Xandanovich, Yang, de Vrey, Bastoni (Shkrinyar, 84), D`Ambrozio (Mozes, 59), Barella, Galyardini (Eriksen, 59), Brozovich, Godin, Lukaku, Martines (Sanches, 64).
Bayer – Gradetski, Ta, Tapsoba, Sinkgraven (Vendell, 68), Bender (Belarabi, 85), Xavertts, Palasios (Beyli, 59), Baumgartlinger (Amiri, 68), Demirbay, Diabi, Folland (Alario, 85).
Ogohlantirishlar: D`Ambrozio (31), Sinkgraven (43), Bender (48), Eriksen (85), Tapsoba (87), Barella (90).

Bosh sahifaga
206