EChL: Levandovski - hafta futbolchisi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 265

"Bavariya"ning polshalik hujumchisi Robert Levandovski Evropa Chempionlari Ligasining hafta o'yinchisi deb topilganligi haqida UEFA rasmiy sayti xabar bermoqda.
Polshalik hujumchi kurashda "Barselona" hujumchisi Lionel Messi, "Yuventus" futbolchisi Krishtianu Ronaldu va "Manchester Siti" himoyachisi Kayl Uokerlarni ortda qoldirdi.
EChLning 1/8 final javob bahsida "Bavariya" "Chelsi" klubini 4:1 hisobiga mag'lubiyatga uchratdi, ushbu uchrashuvda Levandovski dubl natija qayd etdi. Endi "Bavariya" 1/4 finalda "Barselona" klubiga qarshi maydonga tushadi. Uchrashuv 14 avgust kuni bo'lib o'tadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
272