"PSJ" Silvani o'rniga boshqa futbolchi topdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 426

Italiyaning «Inter» klubi himoyachisi Milan Shkrinyar faoliyatini PSJ klubida davom ettirishi mumkin. Klub rahbariyati aynan ushbu futbolchini shartnomasi yakunlanib, erkin agentga aylangan Tyago Silvaning o'rniga munosib nomzod sifatida ko'rishmoqda.
Italiya matbuotining yozishicha, Shkrinyarning kelajagi Antonio Kontega bog'liq. Agar Konte «Inter»da qoladigan bo'lsa, u holda futbolchi "neraddzurilar" tarkibini tark etadi. Agar aksi bo'lsa, u holda Milan Italiyada qoladi. Chunki, bosh murabbiy va Shkrinyar orasidagi munosabat yaxshi emas.
Shuningdek, Shkrinyarga «Manchester Siti», «Manchester Yunayted» va «Tottenxem» klublari qiziqish bildirishmoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
286