«Spartak» – «Sochi» o'yinini boshqargan referi hakamlikdan chetlatildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 440

Rossiya chempionatining 1-turi doirasida bo'lib o'tgan «Spartak» – «Sochi» bahsi mojarolarni keltirib chiqardi.
Hakam moskvaliklar darvozasi tomon 2ta shubhali penalti belgilagan bo'lsa, VAR tizimida ishlagan hakam uning xatosini to'g'rilamadi. Shu bois, "Spartak" 2:0 hisobida oldinda borayotib, g'alabani qo'ldan chiqardi.
Uchrashuvni boshqarib borgan Vasiliy Kazartsev esa navbatdagi bir nechta o'yinga hakamlikdan chetlatildi. Bu haqda Rossiya futbol ittifoqi hakamlar departamenti boshlig'i Viktor Kashshai xabar berdi.
Videoassistent referi sifatida ishlagan Aleksey Eskovning ishi esa alohida ko'rib chiqiladi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
214