Messi «Napoli»ga qarshi o'yin tanaffusida jamoadoshlariga nima degani ma'lum bo'ldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 538

"Barselona" sardori Lionel Messi Evropa chempionlar ligasi nimchorak final bosqichi doirasida bo'lib o'tgan «Napoli»ga qarshi o'yin tanaffusida jamoadoshlariga murojaat bilan chiqqan.
"Keling, bexato o'ynaymiz. Biz ikki to'p farqi bilan oldinda boryapmiz. Shuning uchun xotirjam harakat qilishimiz kerak", — degan Messi. Bu haqda "Marca" nashri xabar tarqatdi.
Eslatib o'tamiz, "Barselona" birinchi bo'limdan so'ng 3:1 hisobida oldinda borayotgan edi. Ikkinchi bo'limda darvozabonlarga boshqa to'p kiritilmadi va hisob o'zgarmay qoldi. "Barselona" 14 avgust kuni chorak final bosqichi doirasida "Bavariya"ga qarshi maydonga chiqadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
208