Ouen: «Barselona» tarkibi qaridi, u finalgacha etib bormasa kerak»
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 473

«Manchester Yunayted» sobiq hujumchisi Maykl Ouen Evropa chempionlar ligasida ishtirok etayotgan «Barselona» klubi o'yini borasida o'z fikrini bildirib o'tdi.
«Jamoa o'yiniga raqib darvozasi tomon bergan zarbalar orqali baho berish — bu bir yoqlama ish. «Barselona» finalgacha etib boradigan jamoaga o'xshamayapti. Ularning tarkibida iqtidorli o'yinchilar bor, ammo tarkib qarib qolgan. Ularga hujumda tezkorlik etishmayapti. Ularda biroz tarqoqlik mavjud.
Mening fikrimcha, bu jamoa haqiqiy «Barselona»dek ko'rinmayapti. O'ylashimcha, yaqin mavsumlar ichida jamoa qayta qurishni amalga oshirsa kerak», – dedi Ouen.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
236