Pirlo "Yuventus"ga "yangi Pirlo"ni olib kelmoqchi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 716

Turinning "Yuventus" klubi "Breshia" yarimhimoyachisi Sandro Tonaliga qiziqish bildirmoqda, deya xabar beradi Tuttosport.
Nashrning xabar berishicha, Turin klubining yangi bosh murabbiyi Andrea Pirlo futbolchining transferini talab qilmoqda. Transfer summasi taxminan 40 million evroni tashkil qilishi mumkin. Shuningdek, Tonaliga "Inter" ham qiziqish bildirmoqda.
Shuni ta'kidlash kerakki, Tonalini "yangi Andrea Pirlo" deb ham atashadi.
Ushbu mavsumda 20 yoshli Tonali barcha musobaqalarda "Breshia" safida 36 uchrashuvda maydonga tushib, bitta golli uzatma berdi va ettita assistni amalga oshirdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
262