Natijaning "doda"si: axir bu Lionel Messi!
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 421

"Barselona"ning argentinalik hujumchisi Lionel Messi Chempionlar ligasida joriy mavsumdagi driblinglar soni bo'yicha birinchi o'rinda.
Hujumchi ettita o'yinda raqiblarini naq 54 marta ortda qoldirgan. Leoning eng yaqin ta'qibchisi "Chelsi"ning xorvatiyalik yarim himoyachisi Mateo Kovachich bo'lib, u 33 ta driblingni amalga oshirgan.
33 yoshli Messi Chempionlar Ligasida 2019/2020 yilgi mavsumda uchta gol urdi va uchta assistentlik qildi. Umuman olganda, u joriy mavsumda barcha turnirlarda 43 ta o'yinda maydonga tushib, 31 ta gol urdi va 27 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
270