MDHning eng qimmat klublari orasida “Paxtakor” nechanchi o'rinda? (Rus va ukrain klublarisiz tuzilgan ro'yxat)
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 706

Rossiyaning “Sportclub” nashri Mustaqil davlatlar hamdo'stligi klublari tarkibining umimiy qiymatidan kelib chiqib ro'yxat tuzib chiqdi. O'z-o'zidan Rus va Ukraina klublari yuqori o'rinlarni eggaladi. Agar ularni bir chetga surib tashlagan holda ro'yxatga qarasangiz, siz kutmagan manzara gavdalanadi. Xo'sh, ayni damda Sobiq ittifoq davlatlari orasida (Rossiya va Ukraina klublari inobatga olinmaganda) eng qimmat klub qaysi davlatga tegishli?
5-o'rin. “Dinamo Tbilisi”

O'z vaqtida “Kubok egalari Kubogi”da zafar quchgan tarixiy klub kuchli beshlikni ochib beradi. Bundan tashqari, Moldoviyaning “Sherif” (7,68 million evro) va Latviyaning “Riga” (7,53 million evro) klublari ham kuchli beshlikka kirishga haqli edi.
Gruziya gegemoni – “Dinamo Tbilisi” (7,9 million evro) ularni kichik farq bilan ortda qoldirdi. So'nggi paytlarda, ushbu klub hatto Evropa Ligasi musobaqasida ham ishtirok eta olmayapti. Mahaliy futbolchilar birinchi imkon bo'lishi bilan Rossiya chempionatida o'zini sinab ko'rishga intilmoqda. Shu sababli, jamoaning ayni damdagi ahvoliga havas qilib bo'lmaydi.
4-o'rin. BATE

E'tiborlisi shundaki, BATE qariyb 10 yil davomida ilk bor ro'yxatdagi o'rnini keskin yo'qotdi. Yaqin-yaqingacha Rus va Ukrain klublaridan keyingi o'rinni hech kimga bermay kelayotgan jamoa ichki birinchilikda chempionlikni ham boy berib qo'ydi. EChLda tez-tez ko'rinish beruvchi klubni bugungi kundagi umumiy qiymati 10, 7 million evroni tashkil etmoqda. Shuningdek, Belorussiyaning “Shaxtyor” (9,9 million evro) va “Dinamo Brest” (9,3 million evro) klublari ham o'z tarkibining umumiy qiymati bilan maqtana oladi.
3-o'rin. “Paxtakor”

Toshkentning “Paxtakor” jamoasi AFK zonasida harakat qiluvchi klub sanaladi. Shu sababli, bu jamoaning o'yinchilari va imkoniyatlari bizga biroz qorong'u. Shunday bo'lsada, “Paxtakor” Qozog'iston klublaridan farqli o'laroq qimmatbaho legionerlarga suyanmaslikka harakat qiladi. Jamoaning o'zagini mahaliy futbolchilar tashkil etadi. O'zbekistonning eng mashhur klubi tarkibidagi futbolchilarning umimiy qiymati 11,9 million evroga teng. Osiyo qit'asida harakat qiluvchi jamoa uchun ajoyib ko'rsatgich. Toshkent klubi hali transferlarga qo'l urganicha yo'q. Agar yana biror bir nomdor futbolchini sotib olsa, bugungi ro'yxatimizda ikkinchi o'ringa ko'tarilib olishi mumkin. Sababi, oldindagi klub bilan o'rtadagi farq katta emas.
2-o'rin. “Karabax Agdam”

Yaqindagina Azerbayjon chempionatini Essen tark etdi. Mahaliy “Neftchi” klubi esa, Evropa Ligasida shov-shuv ko'tarishga muvaffaq bo'ldi va Rossiyaning “Arsenal” (7,6 million evro) jamoasini musobaqa saralashida ortiqcha muammosiz yo'ldan olib tashladi.
Azebayjonning eng badavlat klubi “Karabx” tarkibi 12,1 millionga baholanmoqda. Ayni damda, “Karabah” transfer olamida yangi ijrochilar qidirishda davom etmoqda. So'nggi ma'lumotlarga qaraganda, klub tez orada yangi legionerlarni jamoaga jalb etadi.
1-o'rin. “Astana”, “Qayrat”

Bugungi kunda Qozog'istonda bir yo'lla ikkita super klub mavjud. MDH davlatlariga yaxshi tanish bo'lgan “Qayrat” klubi (19,9 million evro) negadir so'nggi paytlarda poytaxtning “Astana” jamoasidan har jabhada ortda qolmoqda. Allaqachon katta musobaqalarda ishtirok etgan klub yozda o'z tarkibini yanada kuchaytirishi aniq. Bugungi kunda klub tarkibi 20,7 millionga baholanmoqda. Bu Rossiyaning o'rtamiyona klublarinidan biroz yaxshiroq ko'rsatgich. Qozog'iston chempionatida suyagi qotgan Despovich va Zaynuddinovlar o'zini RPLda chakki namoyish etmayotganini inobatga olsak, ushbu yurt klublarini RPLga qo'shib olish haqida bosh qotirish mumkin.
Manba: Stadion.uz
Bosh sahifaga
251