Ko'rishingiz shart! Futbol tarixidan so'ylovchi suratlar (62-qism)
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 360

Ushbu ruknimizdagi churatlar bilan tanishtirishda davom etamiz.
Jorj Vea Maldini bilan bir jamoada to'p surish haqida hayol surmoqda. Tez orada uning orzusi amalga oshadi va Vea “oltin to'p”ga ega chiqadi.

Davids “Milan” futbolchilarini birin-ketin safdan chiqarmoqda. Oradan bir mavsum o'tib, o'sha futbolchilar bilan “Milan” sharafini himoya qilishiga to'g'ri kelishidan xabari yo'q…

90-yillarning eng oldi yigitlari to'qnashuvi! Trifon Ivanov Erik Kontanaga qarshi!

Kannavaro bochligidagi Italiya mana shu ob-havoda ham Rossiyaning JChga chiqishiga to'sqinlik qilib qolgan edi.

Benayunning Evropadagi ilk jamoasi “Santander” ekanligidan xabaringiz bormi? Keyinroq “Liverpul” va “Chelsi” klublarida porlagan yulduz hali-hamon butsalarini mixga ilganicha yo'q.

Yugaslaviya chempionati. “Hayduk” – “Tsirvena Zvezda” o'yini birinchi bo'limdan so'ng to'xtatildi. Sababi, davlat rahbari Titoning o'limi haqidagi xabar tanaffusda futbolchilarga etib kelgan edi…

1950-yil. Boliviya JCh yo'llanmasini birorta o'yin o'tkazmay qo'lga kiritmoqda. Sababi, Argentina musobaqadan chetlatildi va uning o'rnini Boliviya egallamoqda. Jamoa JChda atigi bitta o'yin o'tkazgan bo'lsada, Urugvaydan javobsiz 8 ta gol o'tkazib yuborgani bilan yodimizda qolgan.

Hozirgina “Inter” “Latsio”ga mag'lub bo'ldi va chempionlikni “Yuventus”ga berib yubordi. Ronaldu esa, darrov ketish haqida o'ylamoqda.

“Fulhem” etakchisi Eddi Merfiga “ko'z tekkan” shekili…

Pele hakam bilan tortishmoqda. Hozirgina “Santos” chempionlik uchun kurashda muhim ochkolarni boy berdi. Bu afsonaning ko'zlaridan shundoqqina ko'rinib turibdi.

1995-yil. “Ayaks” EChL kubokini boshi uzra ko'tarmoqda. Edvin Van Der Sarning Evropa bo'ylab sayohati aynan shu uchrashuvdan so'ng, boshlangan.

Simione, Pochettino va Redondo. Argentina terma jamoasi yarim himoyachilariga e'tibor qarating!

"EVRO 96". Zeeydorf penaltidan foydalana olmadi. Gollandiya uyiga ravona bshladi...


Bosh sahifaga
296