So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
EChL. «Bavariya», kutilganidek, chorak finalga chiqdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 301
Evropa chempionlar ligasi nimchorak final bosqichining dastlabki o'yinida yirik hisobda g'alaba qozongan "Bavariya", o'z uyida o'tkazilgan javob uchrashuvida ham "Chelsi"ga hech qanday imkoniyat qoldirmadi.
Myunxenliklar bu safar "Chelsi" darvozasiga 4ta to'p yo'llashdi. Robert Levandovski "dubl"ga erishgan bo'lsa, Perishich va Tolisso o'z hisoblariga bittadan gol yozishdi. Londonliklar esa Abraxamning goli evaziga bir marta javob qaytarishdi. Ikki o'yin natijasiga ko'ra hisob 7:1, "Bavariya" foydasiga.
Germaniya chempioniga chorak finalda "Barselona" raqiblik qiladi. Mazkur chorak final bahsi 14 avgust, juma kuni bo'lib o'tadi.
Evropa chempionlar ligasi, 1/8 final, javob o'yini
Bavariya Germaniya – Chelsi Angliya 4:1 (2:1)
Gollar: 1:0 – 10, penalti Levandovski, 2:0 – 24 Perishich, 2:1 – 44 Abraxam, 3:1 – 76 Tolisso, 4:1 – 83 Levandovski.
Bavariya – Noyer, Boateng (Zyule, 63), Alaba, Kimmix (Odriosola, 71), Alkantara (Tolisso, 70), Devis, Gnabri (Martines, 81), Gorettska, Perishich (Koutino, 64), Levandovski, Myuller.
Chelsi – Kabalero, Zuma, Djeyms, Kristensen, Emerson, Kante, Kovachich, Maunt, Barkli, Xadson-Odoi, Abraxam (Jiru, 81).
Ogohlantirishlar: Kabalero (8), Emerson (43).
Dastlabki o'yin: 3:0