So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
Mauritsio Sarri — qanday murabbiy?
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 235
«Yuventus» bosh murabbiyi Mouritsio Sarrini iste'foga chiqardi. Murabbiy «Chelsi»da ham bir mavsumdan so'ng iste'foga chiqarilgandi.
Qiziq paradoks. Sarri Evropaga «Napoli»dagi faoliyati orqali tanilgan, «Chelsi» ham, «Yuventus» ham aynan o'sha baza tufayli unga qiziqish bildirgan.
Ammo bir jihat esdan chiqyaptiki, murabbiy Neapolda etarli vaqtga ega bo'lgandi - «Napoli» uchinchi yilga kelib, Sarri uslubida to'p sura boshlagan, Italiyada rekord darajada ochko to'plab, Chempionlar Ligasida o'zini ko'rsatgandi.
Sarri o'ziga xos spetsifik trener, uni taklif qildingizmi, demak, o'z uslubini joriy qilish uchun etarli vaqt berishingiz kerak. Vaqt ushbu murabbiy uchun sharoit, transferlar, ishonch kabi bir qator omillar kabi, eng zarur talablardan biri edi. Aks holda, hech narsa ishlamasligi tabiiy.
Qizig'i, Sarri o'z faoliyatida ikki sovrin yutgan, biri «Chelsi» bilan Evropa ligasida, ikkinchisi, «Yuventus» bilan «A Seriya»da.
Qahramon Aslanov.