«Yuventus» sport direktorini ham iste'foga chiqarishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 387

"Yuventus" rahbariyati bosh murabbiy Mauritsio Sarrining iste'fosi bilan cheklanmasligi mumkin.
Jurnalist Janluki Di Martsio xabar tarqatishicha, klub rahbariyati sport direktori Fabio Paratichini ham o'z lavozimidan bo'shatmoqchi. Boisi, bosh murabbiy lavozimiga Sarrining nomzodini 48 yoshli funktsioner taklif qilgan edi.
Paratichi 10 yildan beri "Yuventus"da ishlamoqda. Bu vaqt davomida jamoa ketma-ket to'qqiz marta Italiya chempioniga aylandi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
173