So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
Olimpiya o'yinlari uchun rejalar muhokama qilinmoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 35229
Xabaringiz bor, Milliy olimpiya qo'mitasi mamlakatimizdagi sport federatsiyalari va assotsiatsiyalari bilan birga 2020 yilgi Olimpiya o'yinlari uchun rejalarni muhokama qilmoqda.
Bunday yig'ilishlarning navbatdagisi bugun, 13 dekabr kuni tashkil etildi. Unda O'zbekiston karate (WKF) Milliy federatsiyasining Yaponiyada o'tkaziladigan Olimpiya o'yinlari uchun ishlab chiqqan rejasi tanishtirildi.
Yig'ilish davomida terma jamoamiz bosh murabbiyi O'ktam Bekpo'latov yangi mavsum uchun rejalar, sportchilarimizning nazariy imkoniyatlari, Olimpiya o'yinlari uchun o'tkaziladigan reyting musobaqalari va boshqa masalalar yuzasidan ma'lumot berdi.
Shuningdek, sportchilarimizning jismoniy holatiga alohida e'tibor qaratish lozimligi qayd etildi. Ortda qolgan musobaqalar tahlil qilindi.
Eslatib o'tamiz, 2020 yilgi Olimpiya o'yinlarida karate ilk bora musobaqa dasturidan o'rin oladi. Kunchiqar yurt mezbonlik qiladigan Olimpiadada kumite bo'yicha 6 ta vazn toifasida (3 ta erkaklar, 3 ta ayollar) medallar uchun kurash kechadi. Shuningdek, yana ikkita medal kata yo'nalishi uchun ajratiladi.