"Manchester Siti" "Napoli" himoyachisi uchun rasmiy taklif bilan chiqdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 327

"Manchester Siti" bu yozda "Napoli" himoyachisi Kalidu Kulibalini sotib olishni istamoqda.
Klub "Napoli"ga rasmiy taklif yubordi. Bu haqda Italiya matbuoti xabar bermoqda.
Ta'kidlanishicha, "Manchester Siti" Kulibali uchun 70 million evro to'lashga tayyor.
Futbolchining agenti Fali Ramadani yaqin orada "Napoli" rahbariyati bilan uchrashib, himoyachini "Man Siti"ga sotishga ko'ndirmoqchi.
Avvalroq, Kulibaliga PSJ klubi ham qiziqish bildirayotgan edi.
Manba: calciomercatoFikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
372