Krishtianu Ronaldu «Yuventus»da tarixiy rekord qayd etdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 578

«Yuventus» hujumchisi Krishtianu Ronaldu Evropa Chempionlar Ligasi 1/8 final javob bahsi doirasida «Lion»ga qarshi kechgan o'yinda (2:1) dublga erishdi.
35 yoshli portugaliyalik futbolchi mavsum davomida 37 ta gol urdi va bu borada klub rekordini o'rnatdi. Unga qadar turinliklarning hech qaysi futbolchisi bir mavsum davomida bu qadar ko'p gol urmagandi.
Avvalgi rekord 95 yildan buyon yangilanmay kelayotgandi. Ferens Xirtser 1925/26 yilgi mavsumda 35 ta gol urgandi.
Ronaldu Chempionlar Ligasidagi gollari sonini 130 taga etkazib oldi va bu borada etakchi bo'lib turibdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
403