«Spartak» O'runovni RPL qaydnomasiga kiritdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 524

«Spartak» klubi yangi futbolchilar — Aleksandr Kokorin va Oston O'runovni Rossiya chempionatining kelgusi mavsumi uchun ro'yxatdan o'tkazdi. Bu haqda Rossiya premer-ligasi rasmiy sayti xabar tarqatdi.
Kokorin "qizil-oqlar" safida 9-raqamda o'ynasa, o'zbekistonlik futbolchi 20-raqamli futbolkada harakat qiladi.
«Spartak» Rossiya chempionatining 1-turi doirasida o'z uyida "Sochi"ni qabul qiladi. Uchrashuv 9 avgust kuni Toshkent vaqti bilan 22:00da start oladi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
388