Xamesning «Real»dagi faoliyati yakunlandi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 981

Madridning «Real» klubi hujumkor yarim himoyachisi Xames Rodriges Zinedin Zidan boshchiligidagi jamoa safida boshqa maydonga tushmaydi deya xabar tarqatmoqda AS.
Manbaning yozishicha, «Real Sosedad» klubiga qarshi uchrashuv Xames uchun so'nggisi bo'ldi.
Futbolchining agenti Jorje Mendesh bir nechta klublar bilan muzokara olib bormoqda. Avvalroq portugaliyalik agent kolumbiyalik futbolchini «PSJ» klubiga tavsiya qilgandi.
Shuningdek, Xamesga «Everton», «Arsenal» va «Atletiko» klublari qiziqish bildirayotgandi. Lekin, hali Rodriges borasida rasmiy taklif tushgani yo'q.
«Real» 2021 yilgacha amaldagi shartnomasi bo'lgan Xamesni sotishga qaror qilgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
411