"Tottenxem" futbolchisi sobiq jamoasiga qaytmoqchi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 707

Londonning "Tottenxem" klubi vingeri Rayan Sessenon sobiq jamoasi "Fulxem"ga qaytishga qarshi emas. Bu haqda Britaniya matbuoti yozmoqda.
Ma'lumot uchun, Sessenon 2019 yil yozda "shporlar" safiga 25 million funt evaziga kelib qo'shilgan edi. Futbolchi "Tottenxem"da o'ynab keta olmadi va jamoasini o'zgartirish haqida o'ylamoqda.
"Fulxem" esa 2019/20 yilgi mavsum yakuniga ko'ra APLga qaytish vazifasini uddaladi. Yangi mavsum oldidan jamoa tarkibini kuchaytirishni xohlamoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
311