Diyor Imomxo'jaev: "O'qish, olim bo'lish albatta futboldan muhim. Ammo..."
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 658

«Avgust oyida barcha binolar va stadionlarni jihozlashni amalga oshiramiz, sentyabr oyining boshida test sinovlarini o'tkazish rejalashtirilgan» — DTM boshqarma boshlig'i Barno Rajabov ma'lum qildi.
Cho'x go'zel, o'rtoqlar. 999 ta muammo bor vaqtda, yana bitta qo'shilsa, hech narsa qilmaydi, qolaversa bu prezident topshirig'i, mamlakatda vaziyat shunday. Faqat bitta jihatga e'tibor qaratish kerakki, birinchi galda sun'iy qoplapali maydonlar, 2-liga maydonlari va hokazolardan foydalanish mumkin. Test sinovlari ularning sifatiga katta ta'sir ko'rsatmaydi.
Hozir esa “Nasaf” futbol klubining asosiy stadioniga partalar kelishni boshladi. Masalan, Qarshida mana shuncha stadion bor:
“Markaziy” sun'iy maydoni “Dinamo” stadioni “Geolog” stadioni Olimpiya zaxiralari kolleji maydoni Bank kolleji maydoni Axborot kolleji maydoni Qarshi davlat universiteti maydoni “Mehnat” stadioniMana shuncha joy turgan vaqtda xalqaro talablarga javob beradigan “Nasaf” maydonida imtihon o'tkazish mantiqsizlik. Uning rekonstruktsiyasi uchun ham davtlatning o'zi pul ajratgan. Yaxshi futbol maydoni uchun kamida 2 yil vaqt va 600 ming dollardan kam bo'lmagan mablag' kerak. Bir necha kunlik test shunga ko'z yumish uchun as qotsa, demak barcha futbol maydonlaridan foydalanaverish mumkin.
O'qish, olim bo'lish albatta futboldan muhim. Ammo barpo etilgan va bir necha yillik mehnat singgan katta maydonlarni toptash kerak emas. Buning muqobil echimlari albatta bor.
P.S. Bir necha yil avval “Sho'rtan” futbol klubining balansida (!) bo'lgan futbol maydoni hokimlik tomonidan xususiy sektorga dom qurish uchun berib yuborilgandi. Hech bo'lmasa mavjud stadionlarni asrash kerak.
Manba: Diyor Imomxo'jaev telegram kanali
Bosh sahifaga
308