Raul Ximenes — top-o'yinchimi? Uning joriy mavsumdagi natijalari
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 711
45
«Vulverxempton» hujumchisi Raul Ximenes Evropa ligasi 1/8 final bosqichi doirasida «Olimpiakos»ga qarshi o'yinda gol urishga muvaffaq bo'ldi.
29 yoshli meksikalik futbolchi uchun mazkur joriy mavsumda barcha musobaqalar doirasidagi 27-gol bo'ldi. Shuningdek, u jamoadoshlarining 10ta goliga assistentlik qilgan.
"Opta" tarqatgan xabarga ko'ra, Evropaning top-5 chempionatlarida (La Liga, APL, Bundesliga, A Seriya va Liga 1) faqat 3 futbolchi undan yaxshiroq natija qayd etgan. Ular Lionel Messi («Barselona», 30+20), Kilian Mbappe («PSJ», 30+18) va Timo Verner («RB Leyptsig», 34+13).
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
418