Evropa ligasi. «Sevilya» «Roma»ni mag'lub etdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 375
44
Evropa ligasining nimchorak final bosqichi doirasidagi «Sevilya» va «Roma» jamoalari o'rtasidagi uchrashuv taqdiri bitta o'yinda hal bo'ldi.
Andalusiyalik butun o'yin davomidat ustunlikka ega bo'lishdi. Bahs boshida ispaniyaliklar bir nechta vaziyatlardan foydalana olishmadi. 21-daqiqada esa Regilon kutilmaganda raqibning ikki futbolchisini aldab o'tib, jarima maydoniga kirdi va zarba berdi. To'p "Roma" darvozaboni oyoqlari orasidan o'tib, to'rga borib tushdi.
Shundan so'ng rimliklar faollikni oshirishdi. Ammo taym so'ngida "Sevilya" qarshi hujum uyushtirdi. Okampos o'ng qanotdan himoyachidan o'tib ketib jarima maydoniga kirdi va narigi qanotdan yordamga kelgan En-Nesiriyga uzatma berdi. Yusuf bo'sh darvozani ishg'ol qildi.
Ikkinchi bo'limda esa "Sevilya" xotirjam o'yin namoyish etib, g'alabani saqlab qoldi hamda chorak finalga chiqdi.
Evropa ligasi, nimchorak final
Sevilya Ispaniya – Roma Italiya 2:0 (2:0)
Gollar: 1:0 – 21 Regilon, 2:0 – 44 En-Nesiri.
Sevilya – Bunu, Kunde, Navas, Regilon, Diego Karlos, Fernando, Banega, Suso (Munir, 68), Jordan, Okampos (Vaskes, 90), En-Nesiri (de Yong, 90).
Roma – Lopes, Spinatstsola, Kolarov (Vilyar, 78), Manchini, Bruno Peres, Mxitaryan, Diavara (Karles Peres, 57), Dzanolo (Pellegrini, 57), Kristante, Rojer, Jeko.
Ogohlantirishlar: Kolarov (45), Diego Karlos (61), Pellegrini (86), Jordan (90).
Chetlatish: Manchini (90+9).

Bosh sahifaga
389