Ronaldino aybini tan oldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 423

Braziliyalik futbol afsonasi Ronaldino o'z aybini tan oldi. Uning huquqshunoslari futbolchining aybini tan olish haqidagi kelishuvni Paragvay prokuraturasiga yuborishdi.
Bu esa Ronaldino va uning akasining ozodlikka chiqarilishiga olib keladi. Ular jarima to'lash bilan cheklanishi kutilmoqda.
Eslatib o'tamiz, 2005 yilgi «Oltin to'p» sohibi va uning akasi Roberto Assis soxta pasport bilan Paragvayga kirishgani uchun hibsga olinishgan edi.
Ular 32 kun davomida qamoqxonada o'tirib, shundan so'ng garov evaziga uy qamog'iga o'tkazilishgan edi. Shu paytgacha ular Asunsondagi mehmonxonada qolishmoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
321