Obid Jo'raboev ham «Navbahor»ni tark etdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 189

«Navbahor»ning 34 yoshli tajribali himoyachisi Obid Jo'raboev klub rahbariyati va murabbiylar shtabi bilan o'zaro kelishgan holda, “Navbahor”ni tark etdi.
Obid Jo'raboev ma'lum muddatli tanaffusdan keyin “lochinlar” tarkibiga o'tgan yilgi mavsum arafasida Farg'onaning “Istiqlol” jamoasidan qo'shilgandi.
Mazkur futbolchi 2019 – 2020 yillar mavsumi davomida namanganliklar tarkibida Superliga bahslarida jami 29ta o'yinda maydonga tushib, 2360 daqiqa to'p surdi hamda 1ta gol muallifiga aylandi.
Ma'lumotlarga qaraganda, Obid Jo'raboev Pro-liga vakili Samarqandning “Dinamo” jamoasi tarkibiga qo'shiladi.
Bundan oldin “Navbahor”dan tojikistonlik yarim himoyachi Amirbek Jo'raboev oilaviy sabablarga ko'ra, ketgandi. Uning ortidan Amirbekning familiyadoshi ham “lochinlar” safini tark etdi.
Biz Obid Jo'raboevga jamoamizdagi faoliyati va ajoyib o'yinlari uchun minnatdorchilik bildirib, keyingi futbolchilik faoliyatida omad yor bo'lishini tilaymiz.
“Navbahor” PFK matbuot xizmati.

Bosh sahifaga
325