«Milan» hujumchisi Evropa ligasining 3ta o'yiniga chetlatildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 472

«Milan» hujumchisi Ante Rebich Evropa ligasining 2020/21 yilgi mavsumida 3ta uchrashuvini o'tkazib yuboradi.
Gap shundaki, futbolchi o'tgan mavsumda «Ayntraxt»da o'ynayotgan paytda diskvalifikatsiya olgan edi. Xorvatiyalik futbolchi dastlab evrokuboklarning 5ta o'yiniga chetlatilgan edi, ammo UEFA ushbu muddatni 3ta uchrashuvga qisqartirdi.
Eslatib o'tamiz, «rossoneri» Italiya chempionatining joriy mavsumi yakunlariga ko'ra Evropa ligasi yo'llanmasini qo'lga kiritdi. Jamoa o'z ishtirokini saralash bosqichidan boshlaydi.
Rebich hamon «Ayntraxt»ga tegishli bo'lib, uning nemis jamoasi bilan shartnomasi 2022 yilning yoziga qadar tuzilgan. U «Milan» safida ijara asosida o'ynamoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
298