EChL. "Atalanta" — PSJ. Kurzava o'ynamaydi, Mbappe ham maydonga tushmasligi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 312

"PSJ" himoyachisi Leven Kurzava Chempionlar ligasining chorak finalidagi "Atalanta"ga qarshi uchrashuvni o'tkazib yuboradi. Bu haqda parijliklar rasmiy saytida xabar berildi. Futbolchi Frantsiya Ligasi kubogining final uchrashuvida o'ng soni mushaklarini jarohatlab olgan. Jarohatdan forig' bo'lish uchun taxminan ikki hafta vaqt kerak bo'ladi.
Oldinroq yarim himoyachi Marko Verrattining ham "Atalanta"ga qarshi uchrashuvni o'tkazib yuborishi mumkinligi haqida yozgandik. Buni qarangki, hujumchi Kilian Mbappe ham maydonga tusha olmasligi mumkin. U Frantsiya kubogi finalida olgan jarohatidan tiklanish bilan band. U ayni damda to'psiz shug'ullanmoqda.
Manba: footballhd.ruFikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
310