"Inter" bugun Sanchesning transferini rasman e'lon qiladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 309

"Inter" bosh direktori Juzeppe Marottaning ta'kidlashicha, klub yaqin soatlar ichida 2019/20 mavsumida ijara asosida "nerazzurri"da o'ynagan chililik hujumchi Aleksis Sanchesning to'liq transferi haqida e'lon qiladi.
"Biz payshanba kuni rasmiy xabar beramiz. Futbolchi to'liq "Inter"ga tegishli. U bilan 3 mavsumlik shartnomamiz bor.
Biz Sanchesga ishonamiz, u bilan shartnoma imzolashimizdan xursandmiz», — dedi Marotta.
2019/20 yilgi mavsumda Sanches "A" Seriyada "Inter" safida 22 o'yinda maydonga tushib, 4 ta gol urdi va 9 ta golli pas berdi.
Manba: sport24.ruFikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
409