«Manchester Siti» yana 3ta «bomba» transferni amalga oshirishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 679

Sky Sports nashrining xabariga ko'ra, Pep Gvardiola yozgi transfer vaqtida himoya chizig'ini kuchaytirmoqchi.
Avvalroq, Natan Akeni o'z safiga qo'shib olgan "shaharliklar" endi bor e'tiborini "Napoli" himoyachisi Kalidu Kulibaliga qaratmoqchi.
Ma'lumotlarga ko'ra, "Siti" tarkibga "Inter" hujumchisi Lautaro Martines va "Atletiko" yarim himoyachisi Joau Feliksni ham qo'shib olmoqchi. Ular David Silva va Serxio Aguero o'rnini egallaydi.
Eslatib o'tamiz, David Silva mavsum yakunida "Siti"ni tark etadi. Gvardiola Aguero bilan ham xayrlashishga qarshi emas.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
378