So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
Vadim Abramov: «Barcha bir qarorga keldi»
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 302
Superliganing birinchi davra o'yinlari markazlashgan tartibda o'tkazilishidan xabaringiz bor. «Bunyodkor» jamoasi bosh murabbiyi Vadim Abramov bu haqdagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
- Kuni kecha bo'lib o'tgan yig'ilishda barcha bir fikrga keldi. Hamma bir qarorga kelganidan so'ng buni muhokama qilishdan ma'no yo'q. Toshkent va poytaxt viloyati jamoalari adolat yuzasidan boshqa maydonlarda o'ynashini oddiy qabul qildim. Chunki baribir uchrashuvlar tomoshabinlarsiz o'tyapti, shuning uchun o'z maydonida to'p surish kimgadir ustunlik beradi, deb o'ylamayman. «Bunyodkor»ga-yu umuman farqi yo'q. O'rinbosarlar sun'iy maydonlarda o'ynashini hozirgi vaziyatdan kelib chiqqan holda to'g'ri, sababi barcha 14ta jamoa uchun tabiiy qoplamali maydon topib berishning o'zi mushkul.