So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
O'runov: «Otam mening «Spartak»da o'ynashimni orzu qilgan» (video)
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 334
Oston O'runov «Spartak» klubi a'zosiga aylanganidan keyin klub matbuot xizmatiga qisqacha intervyu berdi.
«Bu erda yaxshi kollektiv, yaxshi yigitlar yig'ilgan. Ular meni yaxshi qabul qilishdi. Umid qilaman, jamoaga tezda kirishib ketaman. «Spartak» — eng sovrindor klub, xalq jamoasi ekanini bilaman. Otam mening «Spartak»da o'ynashimni orzu qilgan.
Men to'p bilan ishlashni yaxshi ko'raman, menga maydon markazida o'ynash qulay. Ko'ramiz, murabbiy meni qaerda o'ynatar ekan.
Gazizov meni O'zbekistondan olib kelib, "Ufa" safida o'ynash imkonini berdi. «Spartak»da uning ishonchini oqlashga harakat qilaman.
«Spartak» safiga o'tganimdan keyin O'zbekistonda bu klubning 35 million muxlisi paydo bo'ldi», — dedi O'runov.