O'runov «Spartak»da Shyurrlening raqamini oldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 352

«Spartak» klubi «Ufa» yarim himoyachisi Oston O'runovning transferini rasman e'lon qildi.
«Spartak» rasmiy saytidagi tanishtirish haqidagi e'londa o'zbekistonlik futbolchining yuqori tezligi va chiroyli driblinglarini e'tirof etdi.
O'runov «Spartak» safida 20-raqamli futbolkada o'ynaydigan bo'ldi. O'tgan mavsumda ushbu raqamda germaniyalik yarim himoyachi Andre Shyurrle o'ynagan edi.
«Xush kelibsan, Oston! «Spartak»da o'zingni ko'rsata olishingda senga omad tilaymiz!» — deyiladi "qizil-oqlar" rasmiy saytidagi xabarda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
379