Sulsher: «Manchester Yunayted»ning keyingi qadami — Evropa ligasida g'olib chiqish»
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 274

«Manchester Yunayted» bosh murabbiyi Ule Gunnar Sulsher Evropa ligasining nimchorak final bosqichi doirasida LASK klubiga qarshi bo'ladigan javob o'yini oldidan o'z fikrini bildirib o'tdi.
«Sovringacha 4ta o'yin qoldi. Jamoa mavsum davomida rivojlandi. APLda 3-o'rinni egallaganimizdan xursandman. Keyingi qadam esa — Evropa ligasida g'olib chiqish.
Yigitlar o'ynashni istaydi, ularga tanaffus kerak emas. "Dam oling", deb aytish oson emas. Umid qilaman, men kabi futbolchilarga ham musobaqadagi g'oliblik kerak», — dedi Sulsher.
Avstriyada bo'lib o'tgan dastlabki o'yinda «MYu» 5:0 hisobida g'alaba qozongan edi. Javob o'yini bugun, 5 avgust kuni bo'lib o'tadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
446