«Milan» Ibrahimovichga shartnoma taklif qildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 301

"Milan" hujumchi Zlatan Ibrahimovichni o'z safida olib qolmoqchi. Calciomercato tarqatgan xabarga ko'ra, "rossoneri" 38 yoshli futbolchiga yillik maoshi 7 million evroga teng yangi shartnoma taklif qildi.
Avvalroq yangi shartnoma bir yilga mo'ljallangan bo'lishi, ammo klub Chempionlar ligasi yo'llanmasini qo'lga kiritsa, kelishuv avtomatik ravishda yana bir yilga uzaytirilishi mumkinligi haqida xabar tarqatilgan edi.
Ibrahimovich joriy yilning yanvar oyida "Milan"ga qaytib, mavsum oxiriga qadar 20ta o'yinda maydonga tushdi va 5ta golga uzatma berdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
412