Klopp «Adidas» bilan shartnoma imzoladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 590

«Liverpul» bosh murabbiyi Yurgen Klopp sport ekipirovkasi ishlab chiqaruvchi kompaniya bilan shaxsiy shartnoma imzoladi.
Germaniyalik mutaxassis «Adidas» bilan kelishuvga erishdi. Ushbu kompaniya «Liverpul»ning texnik homiysi hisoblangan «Nike»ning asosiy raqobatchisi hisoblanadi. Imzolangan shartnoma borasida yaqin orada rasmiy xabar tarqatilishi kutilmoqda.
Ushbu shartnoma doirasida Klopp qancha daromad olishi hozircha aniq emas. "The Telegraph" tarqatgan xabarga ko'ra, murabbiylar orasida Joze Mourino ham «Adidas» bilan shaxsiy shartnomaga ega. Pep Gvardiola esa «Puma» bilan kelishuvga erishgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
426