So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
Boks. Yoshlar terma jamoasi bilan psixologik mashg'ulot o'tkazildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 240
Pandemiya davrida boks bo'yicha terma jamoalarimizning mashg'ulotlari uchun maxsus reja ishlab chiqilgan. Ushbu rejaga binoan yoshlar terma jamoasi bugun navbatdagi onlayn mashg'ulotni o'tkazdi. Unga ko'ra, bokschilarning musobaqa oldidan psixologik holatini aniqlash bugungi mashg'ulotning bosh mavzusi bo'ldi.
Ushbu treningni O'zbekiston boks federatsiyasi bosh kotibi Murodjon Mamadaliev boshlab berdi va karantin vaqtida qay tartibda mashg'ulotlar olib borish masalasida gapirdi. Terma jamoa katta murabbiyi Hamid Tangribergenov esa yosh bokschilarimizning psixologik holatini aniqlash bo'yicha maxsus test ishlab chiqilgani va shu asosida ularning holatini aniqlash mumkinligi haqida tushuntirish berdi. Murabbiy tomonidan psixologik tayyorgarlik musobaqa vaqtida katta ahamiyatga ega ekanligi, bu bugungi kunda sportning muhim bir bo'lagi ekanligi qayd etildi. O'z navbatida bokschilarimiz o'zlarini qiziqtirgan savollar bilan murabbiyga murojaat qilishdi.
O'zbekiston boks federatsiyasi matbuot xizmati