A seriyaning eng yaxshi futbolchisi aniq bo'ldi. Bu — Ronaldu emas
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 551
43
«Yuventus» hujumchisi Paolo Dibala Italiya chempionatining yakunlangan mavsumidagi eng yaxshi futbolchisi deb topildi.
26 yoshli futbolchi A seriyaning 2019/2020 yilgi mavsumida 33ta o'yinda maydonga tushib, 11ta gol urdi va 11ta golga uzatma berdi.
Individual sovrinlar bo'yicha g'oliblar bilan tanishtirib o'tamiz:
Mavsumning eng yaxshi darvozaboni — Voytsex Shensni («Yuventus»);
Mavsumning eng yaxshi himoyachi — Stefan de Vri («Inter»)
Mavsumning eng yaxshi yarim himoyachisi — Alexandro Gomes («Atalanta»);
Mavsumning eng yaxshi hujumchisi — Chiro Immobile («Latsio»);
Mavsumning eng yaxshi yosh o'yinchisi — Deyan Kulushevskiy («Yuventus», «Parma»).
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
384