«Spartak» O'runovni sotib olib, darhol uni Bundesliga jamoasiga sotishi mumkin!
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 699

«Ufa» yarim himoyachisi Oston Urunov 4 avgust, seshanba kuni «Spartak» bilan shartnoma imzolashi kutilmoqda. 19 yoshli futbolchi kecha tibbiy ko'rikdan o'tdi va hozirda klub qarorgohida bo'lib turibdi.
Rossiyalik jurnalist Ivan Karpov tarqatgan xabarga ko'ra, voqealar rivojining boshqacha varianti ham mavjud. «Spartak» bosh direktori Shamil Gazizovning qo'lida Bundesliga klubidan O'runovning transferi borasida 5 million evrolik taklif mavjud. Moskvaliklar o'zbekistonlik futbolchi bilan shartnoma imzolagan zahoti Ostonni nemis klubiga sotib yuborishi mumkin. O'runovga qiziqish bildirgan Bundesliga klubining nomi hozircha oshkor qilinmadi.
Odatda FIFA bunday transferlarni taqiqlaydi. Ammo koronavirus pandemiyasi paytida FIFA bir mavsum davomida futbolchining 3ta klub safida ro'yxatdan o'tishiga ruxsat berdi.
Qo'lga kiritiladigan 5 million evroning 20 foizi, ya'ni 1 mln evro «Ufa»ga to'lab beriladi. Soliqlar, agentlar haqi va boshqa xarajatlar uchun yana 1 mln evro sarf bo'ladi. «Spartak» esa atigi bir necha kun ichida 3 mln evro ishlab oladi.
Agar "qizil-oqlar" pulga muhtoj bo'lmasa, o'zbekistonlik futbolchi Rossiya chempionatida qolishi ham mumkin. Shamil Gazizov «Spartak» orqali Ostonning transfer narxini ko'tarib, uni keyinchalik sotishi mumkin.

Bosh sahifaga
343