«Arsenal» Chempionshipdan ikkita futbolchi topdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 411

Londonning «Arsenal» klubi Chempionshipdan ikkita futbolchi topganligi haqida Daily Star xabar tarqatmoqda.
«Kanonirlar» «Brentford» hujumchisi Said Benraxmga jiddiy qiziqish bildirmoqda. Transfermarkt portali hujumchining narxini 10,5 million evro atrofida baholamoqda. Shuningdek, Benraxm "Lids" klubining short-listidan ham joy olgan.
Qolaversa, «Arsenal» KPR hujumchisi Eberechi Eze bilan ham shartnoma imzolashni rejalashtirmoqda. Ezening narxi 9 million evro atrofida baholanmoqda. Avvalroq Ezega «Tottenxem» qiziqish bildirayotgandi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
350