«Chelsi»ning 9 nafar futbolchisi «Bavariya»ga qarshi o'yinni o'tkazib yuboradi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 542

"Chelsi" chempionlar ligasi nimchorak final bosqichidan o'rin olgan "Bavariya"ga qarshi javob o'yini oldidan tarkibda jiddiy muammoga duch keldi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar bermoqda.
"Chelsi" bosh murabbiyi Frenk Lempard jarohat olgan Sesar Aspilikueta, Ngolo Kante, Billi Gilmor, Ruben Loftus-Chik, Kristian Pulishich, Villian va Pedrolar yordamidan foydalana olmaydi. Shuningdek, Markos Alonso va Jorjino ham diskvalifikatsiya tufayli "Bavariya"ga qarshi o'ynamaydi.
Eslatib o'tamiz, "Bavariya" - "Chelsi" o'rtasidagi o'yin 8 avgust kuni Toshkent vaqti bilan 00:00da start oladi. Dastlabki o'yinda "Bavariya" yirik 3:0 hisobida g'alaba qozongan edi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
448