PSJ “Liverpul” futbolchisini sotib olmoqchi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 306

Ushbu ruknimizdagi eng so'nggi yangiliklar bilan tanishtirishda davom etamiz.
Sanches ketadi
Angliyaning “Manchester Yunayted” klubi hujumchisi Aleksis Sanches rasman “Inter” futbolchisiga ayalanadi.
Bu haqida bir nechta italiya nashrlari ma'lum qilmoqda. Unga ko'ra, “Inter” “qizil iblislar”ga hujumchi uchun 15 million evro tavon puli to'laydi.
Eslatib o'tamiz, “Inter” allaqachon Sanchesni “Xetafe”ga qarshi Evropa Ligasi musobaqasi o'yini uchun ro'yxatga kiritgan.
“Yuve” uni kuzatmoqda
Turinning “Yuventus” klubi “Barselona” himoyachisi Serhio Akemeni nishonga olmoqda.
“Mundo Deportivo”ning ma'lum qilishicha, gvineyalik futbolchining klub bilan shartnomasi 2021-yilda o'z yakuniga etadi. Shu sababli, ikkinchi jamoaning etakchisi uchun “Yuventus” kurashga qo'shilgan. Manbaning ma'lum qilishicha, “Yuve” 22 yoshli himoyachi uchun shaxsiy shartnoma tayyorlamoqda.
Eslatib o'tamiz, Serhio “Barselona B” sharafini bu mavsumda 27 ta o'yinda himoya qildi, biroq golli vaziyat yarata olmadi.
Pochettino “Barsa”da?!
Ayni damda ishsiz qolib ketgan Maurisio Pochettino Kataloniya klubida ish boshlashi mumkin.
"Daily Mail"nashrining ma'lum qilishicha,
“Barselona” EChL g'olibligini qo'lga kiritmasa, Kike Seten o'rnini argentinalik mutaxassis egallaydi.
Manbaning ma'lum qilishicha, Pochettino va Bartameu allaqachon yangi shartnoma borasida og'zaki kelishuvga erishgan.
“Liverpul” himoyachi izlamoqda
Angliyaning “Liverpul” klubi yozda Robertson uchun dam olish imkoniyatini yaratib berishga qodir chap qanot himoyachisini sotib olish niyatida.
Klub rasmiy saytining ma'lum qilishicha, jamoa nishonida Olimpiyakos” himoyachisi Konstantinos Tsimkas turibdi.
Eslatib o'tamiz, 24 yoshli futbolchi ayni damda Evropa Ligasi musobaqasida o'z ampluasidagi eng yaxshi futbolchi sanaladi.
PSJ “Liverpul” futbolchisini sotib olmoqchi
Parijning PSJ klubi “Liverpul” markaziy himoyachisi Joel Matip bilan jiddiy qiziqib qoldi.
Kick442 nashrining ma'lum qilishicha, Parij klubi jamoani tark etishi aniq bo'lib ulgurgan Tiago Silvaning o'rnini to'ldirishini rejalashtirmoqda.
Eslatib o'tamiz, kamerunlik himoyachi “Liverpul” safida 85 ta o'yinda maydonga tushdi va jamoaning asosiy himoyachisiga ayalana oldi.
Manba: stadion.uz
Bosh sahifaga
446