Evrokuboklar uchrashuvlari bir daqiqalik sukut bilan boshlanadi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 348

Ushbu haftada UEFAning klublar o'rtasidagi turnirlari boshlanadi. Evropa chempionlar ligasi, Evropa ligasi, O'smirlar ligasi, ayollar o'rtasidagi chempionlar ligasi o'yinlari koronavirus qurbonlari xotirasi uchun bir daqiqalik sukut bilan boshlanadi.
Barcha o'yinchilar futbolkalarida klub tomonidan tanlangan tilda «Rahmat» degan yozuv bo'ladi. UEFA bu orqali COVID-19 pandemiyasiga qarshi kurashayotganlarga minnatdorchilik bildirmoqchi.
Bundan tashqari, evrokuboklar o'yinlar translyatsiyasi paytida futbolchilar ishtirokidagi maxsus rolik efirga uzatilib, unda o'yinchilar minnatdorchilik izhorlarini bildirishadi.
«O'zining jonbozligi evaziga bizga yana futbol o'ynash imkoniyatini taqdim etganlarni unutmasligimiz kerak», — dedi UEFA prezidenti Aleksander Cheferin.

Bosh sahifaga
440