«Chelsi» «Real Madrid» himoyachisi bilan shartnoma imzolamoqchi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 289

Londonning "Chelsi" klubi "Real Madrid" himoyachisi Serxio Regilon bilan shartnoma imzolamoqchi. Bu haqda Britaniya matbuoti yozmoqda.
Manbaning xabariga ko'ra, "ko'klar" himoya chizig'ini kuchaytirmoqchi. Agar "Chelsi" "Lester" himoyachisi Ben Chiluellni xarid qilolmasa, bor e'tiborini Regilonga qaratadi.
Eslatib o'tamiz, yakunlangan mavsumni himoyachi ijarada "Sevilya"da o'tkazdi. Regilonga shuningdek, "Everton" ham jiddiy qiziqish bildirmoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
439