So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
APLning eng qimmat tarkibga ega jamoasi ma'lum bo'ldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 762
Transfermarkt portali 2019/20 yilgi mavsum yakunlari bo'yicha Angliya Premer Ligasi jamoalarining tarkibi narxini e'lon qildi.
Unga ko'ra «Manchester Siti» jamoasi eng qimmat tarkibga ega bo'lib turibdi. «Shaharliklar» tarkibi 1,03 milliard evroga baholangan. Keyingi o'rinda joriy mavsum chempioni «Liverpul» (1,02 milliard evro) joy olgan.
Eng arzon tarkib «Sheffild Yunayted»ga tegishli bo'lib, 130,4 million evroni tashkil qilgan.
Eng qimmat tarkibga ega APL klublari top-10 ligi bilan tanishing:
1. «Manchester Siti» — 1,03 milliard evro
2. «Liverpul» — 1,02 mlrd evro
3. «Chelsi» — 831 million evro
4. «Manchester Yunayted» — 728,7 mln evro
5. «Tottenhem» — 698,4 mln evro
6. «Arsenal» — 571,9 mln evro
7. «Lester» — 450,5 mln evro
8. «Everton» — 412,4 mln evro
9. «Vulverhempton» — 342,3 mln evro
10. «Vest Hem» — 306,3 mln evro