Konte «Yuventus»ga qaytadimi?
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 392

Italiyaning «Inter» klubi bosh murabbiyi Antonio Konte Turinning «Yuventus» klubiga qaytishni xohlamoqda deya yozmoqda La Repubblica.
Mutaxassisning hozirgi jamoasi bilan muammo yuzaga keldi. Italiyalik murabbiy klub rahbariyatini futbolchilar va murabbiylar shtabini qo'llab-quvvatlamayotgani uchun keskin tanqid ostiga olgandi.
«Inter» Konte bilan xayrlashish niyatida emas. Lekin, vaziyat yaxshi tarafga o'zgarmasa, u holda «neradzurrilar» mutaxassisdan Evropa Ligasi o'yinlari yakuniga etgunga qadar ishlab turishini iltimos qilishadi.
Italiya OAVsi tarqatgan ma'lumotga qaraganda, Kontening o'zi «Yuventus» klubiga qaytishni xohlamoqda. Mutaxassis «byankonerlar» safiga qaytishga o'tgan yili harakat qilib ko'rgandi. Kontening nomzodini "Yuventus" klubi bosh direktori va sport direktorlari qo'llab-quvvatlagandi, lekin klub xo'jayinlari bu bitimni amalga oshishiga qarshilik qilishgandi.

Bosh sahifaga
262