Sarri «Lion»dan xavotirdami?
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 311

Turinning "Yuventus" klubi bosh murabbiyi Mauritsio Sarri Frantsiyaning "Lion" klubiga qarshi EChLning 1/8 final javob uchrashuvi oldidan o'z fikrlarini bildirdi.
«Lion» klubiga qarshi uchrashuv oson bo'lmasligi va'da qilinmoqda. Ular to'p bilan muomilada yaxshi harakat qilishadi va biz ularning bu o'yiniga tayyor turishimiz kerak. Hozirgi sharoitda «Yuventus» ushbu uchrashuvda o'zining eng yaxshi o'yinini ko'rsatishi oson bo'lmaydi. Ushbu jang uchun o'zingizda kuch topish juda muhimdir.
To'g'risini aytadigan bo'lsam, "Lion"ning Frantsiya Liga Kubogi finalida «PSJ» klubiga qarshi bunday o'yin namoyish etishlarini kutmagandim. Ularning futbolchilari hatto ikkita ekstra-taymlarda ham yaxshi o'ynashdi. Frantsuzlarning jismoniy tayyorgarligi menda yaxshi taasuroot qoldirdi.
Mavsum tiklanganidan keyin muammolarga duch keldik. Bu darajada ko'p gol o'tkazib yuborishimiz kerak emas, himoyamiz yaxshi o'yin namoyish etishi shart», — dedi Mauritsio Sarri.

Bosh sahifaga
251