So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
Sarriga chiqish eshiklari ko'rsatiladimi?
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 282
Turinning "Yuventus" klubi rahbariyati jamoa bosh murabbiyi Mauritsio Sarrini iste'foga chiqarish haqida o'ylamayapti. Bu haqda klub sport diretkori Fabio Paratichi bayonot berdi.
"Sarri jamoa EChLda "Lion"dan mag'lubiyatga uchrasa iste'foga chiqariladimi? Butun mavsumni bitta uchrashuv bilan baholamaslik kerak. Skudetto - bu har doim ajoyib natija, chempionatda ketma-ket to'qqiz marta g'alaba qozonish esa - aqlbovar qilmas natija. Shuning uchun, kelinglar qiyin va mashaqqatli mehnat natijasida qo'lga kiritilgan g'alabalarni qadrlaylik", - Paratichining so'zlaridan iqtibos keltirmoqda Football Italia.
61 yoshli Sarri "Keksa sinora"ni o'tgan yilning iyun oyida qabul qilib olgan va uch yillik shartnoma imzolagan.
"Yuventus" - "Lion" jamoalari o'rtasidagi uchrashuv 7 avgust kuni bo'lib o'tadi. Dastlabki uchrashuvda frantsiyaliklar 1:0 hisobida g'alaba qozongan.